Sayt haqinda


Falokat (Katastrofa) : koʻb azob-uqubatlarga va halokatlarga olib keluvchi hodisa» (Cambridge Learner’s Dictionary).

Katta ekologik muammolar falokat sifatida tasvirlangan. Masalan, Tinch okeani orollari mamlakatlari atrofidagi dengizlar sathining koʻtarilishi, Orol dengizi suvi kamayishi va Grenlandiya muz qatlamining erishi. Koʻpchilik odamlar xabardorlikni tarqatish va odamlarni harakat qilishga undash uchun falokat tuzilishi zarur deb hisoblaydilar. Biz falokat tuzilishi teskari taʼsir koʻrsatadi deb bahslashamiz. Bu harakatsizlikka, falajlikka va fatalizm hissini tuyishga olib keladi. Shuningdek, odamlarni hech qachon yordam bermaydigan yagona echim izlashga olib kelishi mumkin.

Aksincha, falokatdan boshqa narsani koʻrishimiz kerak. Buning uchun biz toʻrtta katta va asosiy mavzularni belgilab olamiz. Biz ularni toʻrtta ustunlar deb ataymiz:

  • Uy: Shunday joylar borki, u yerlarda ekologiya keskin darajada oʻzgargan va ekologik, iqtisodiy muoammolar mavjud. Bu joylar hanuzgacha va har doim odamlar, oʻsimliklar va hayvonlar uylari boʻlib qolaveradi. Baʼzi turlar uchun, bunday joylar yangi uy boʻlishi mumkin
  • Tarixi: Biz muqarrar pasayish haqidagi hikoyalar va fojialardan boshqa narsani koʻrishimiz lozim. Buning uchun, biz ikkita faktni koʻrib chiqishimiz kerak. 1. Atrof-muhit uzoq muddatda faoldir. Har doim oʻzgaruvchan. 2. Har bir joyda resurslardan foydalanish va atrof-muhitni inson tomonidan boshqarish tarixi bor. Bunday mahalliy va mintaqaviy tarixlar ahamiyatlidir. Tarixga nazar tashlash muoammolarni rad etamiz degani emas, lekin biz soddalashtirilgan hikoyalardan koʻra uzoqroqqa qaraymiz.
  • Aloqa: Biz ofatning tor doiradagi jismoniy maydonidan tashqariga qarashimiz kerak. Keyin biz bu joyning katta kontekstga mos kelishini va ijtimoiy va ekologik tizimlar moslashganini koʻrishimiz mumkin. Bu hamkorlik haqida gapirishni va qanday qilib transchegaraviy boʻlishni oʻz ichiga oladi.
  • Tasavvurlar: Falokat ramkasi echimlarni darhol va keng miqyosda amalga oshirishni taklif qiladi. Bu joylar qanday boʻlishi mumkinligi haqidagi mahalliy tasavvurlarni kutishga vaqt va imkoniyat yoʻq ekanligini aytadi. Favqulodda vaziyatni koʻrish, bu joylarni uy deb ataydigan odamlarning ovozlari va hikoyalarini markazlashtirish uchun vaqt va makon yaratish demakdir. Agar biz muqobil kelajakni yaratish uchun birga ishlasak, biz makon, tarix va aloqa bilan shugʻullanishimiz zarur. Biz buni suhbat, savol-javoblar, konstruktiv mulohaza va tajriba almashish orqali amalga oshira olamiz.

Bizning maqsadimiz- falokatdan nariga otishga va alternativ kelajakni ijodiy tasavvur qilishga urinayotgan loyihalar, hikoyalar, sanʼat va resurslarni  boʻlishish. Biz toʻrtta ustunni yodda tutgan holda turli nuqtai nazar va g’oyalarni taqdim etamiz, uy, tarix, aloqa va tasavvur. Bu umumiy loyiha boʻlib, har bir qiziquvchi tomonidan boshqariladi. Biz siz qoʻshgan hissangizdan xursand boʻlamiz.

Biz bu loyihani Orol dengizi mintaqasi bilan boshlashni tanladik, lekin umid qilamizki, biz kelajakda geografik jihatdan kengayamiz. Biz umid qilamizki bu veb-sayt hamkorlikdagi loyihaga aylanadi. Agarda siz Falokatdan tashqarida koʻrish loyihasiga oʻz hissangizni qoʻshishni yoki jamoamizga qoʻshilishni istasangiz, iltimos bizning Hissa qoʻshish! sahifamizni tekshiring.

Bizning birinchi katta hissa qo’shuvchimiz bu logotipimiz kontseptsiyasini ishlab chiqqan Masharifboy Otanazarov bo’ladi!

1 Markazlashtirish bilan biz birinchi oʻringa qoʻyishni nazarda tutamiz (soʻzma-so’z: markazda qoʻyish). Bizning fikrimizcha mahalliy nuqtai nazarni begonalar sifatida oʻz nuqtai nazarimizdan ustun qoʻyish va nima qilishimiz kerakligini boshqalarga aytmaslik kerak.

Hozirgi jamoa

Nico Bergounioux Fransiyadagi Bask viloyatidan hujjatli film rejissyori. U hozirda Saxon bilan «Vazifa: Orolni toping» seriali ustida ishlamoqda.

Oʻqishni tugatgach u Shri Lankada, keyin esa Parij, Fransiyada yashagan va ishlagan. Uning asosiy qiziqish mavzusi suv xoʻjaligi, tabiatga asoslangan echimlar, geosiyosat va inson huquqlari.

Oʻrganish, tajriba almashish va yangi odamlar bilan suhbatlashishni xohlaganingizda u har doim g’ayratli va qiziquvchan, u siz bilan suhbatlashishdan xursand boʻladi.

Unga oʻzingiz yoqtirgan hujjatli filmni tavsiya qiling!

Nico Hayot Ensiklopediyasi uchun javobgardir.

Saxon Bosworth Angliyalik hujjatli film rejissyori. U hozirda Nico bilan «Vazifa: Orolni toping» seriali ustida ishlamoqda.

U yoshligidan fotografiya va sayohatga qiziqadi. U sayohat uchun ilhom va hikoyalar almashish platformasini yaratdi “Découvrir La Vie”. Yovvoyi tabiatga chuqur qiziqib u tadqiqot va maqolalar yozadi va odamlar bilan suhbat qurishdan doim xursand.

Saxon Forum uchun javobgardir.

Besh yildan soʻng quyoshli Oʻrta Osiyoda, Nora Heinonen xira iqlim sharoitida yashashni tasavvur qila olmaydi. U uch Qirgʻiziston sharqida Yoshlar tashkilotida ishlashga sarflagan va hozirda Qoraqalpogʻistonning, Nukus shahrida mustaqil maslahatchi va ariza yozuvchi sifatida yashashga harakat qilmoqda.

U oʻzbek grammatikasini juda qoniqarli deb biladi va global isishni sekinlashtirishda missionerlik qilmaslikka harakat qiladi.

Nora tillar va tarjima uchun javobgardir.

Kate Shields Oregon universiteti (AQSh) geografiya fanlari nomzodi. U 2011 yildan beri Orol dengizi hududiga qiziqib qolgan. Dissertatsiya loyihasi «Falokatdan tashqarida koʻrish: Oʻzbekistonning Orol dengizi mintaqasida sogʻliqni saqlash, atrof-muhitning oʼzgarishi va rivojlanishi» deb nomlangan.

Oldingi hayotida u hojatxonalarni oʼrgangan, Istanbuldagi texnik teatrda texnik direktor va sahna boshqaruvchisi boʻlib ishlagan va ingliz tilidan dars bergan.

Kate hikoyalar va manbalarni muvofiqlashtirish uchun javobgardir.