Tarjima: Aydin Bazarbaeva
Yangi veb-sayt, Falokatdan tashqarida koʻrish (beyondcatastrophe.com), logotip uchun tanlov oʻtkazmoqda! Biz yoshi (30 yoshgacha va 30 yosh ) Orol dengizi mintaqasida (Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Qozogʻistondagi Qizilorda va Aktobe oblastlari) yashovchi yoshlarni veb-sayt uchun logotip dizayni va hamma kelajakdagi shunga bogʻliq loyihalarga chaqiramiz.
Bizning maqsadimiz- Orol dengizi mintaqasida falokatdan nariroqni koʻrishga va muqobil kelajakni ijodiy tasavvur qilishga intiladigan loyihalar, hikoyalar, sanʼat va manbalarni toʻplash va baham koʻrishdir. Biz toʻrtta asosiy mavzu yodda tutadigan turli nuqtai nazar va g’oyalarni taqdim etamiz: Uy, Tarix, Aloqa va Tasavvurlar.
Sovrinlar
Birinchi oʻringa: 300.000 oʻzbek soʻmi, AQSHning yirik mukofot toʻplami hamda veb-saytning “Sayt haqinda” sahfisda ism, fotosurat va qisqacha tarjimai holi.
Ikkinchi oʻringa: 200.000 soʻm va AQSHning kichik mukofot toʻplami.
Uchinchi oʻringa: 100.000 soʻm.
Hamma ishtirokchilar sertifikat olishadi va ularning ismi, fotosurati, qisqacha tarjimai holi va dizayni veb-saytdagi hikoyaga kiritiladi.
Qoidalar
- Hamma ishingiz oʻzingizniki boʻlishi kerak. Siz juftlikda ishlashingiz mumkin- garchi g’alaba qozonsangiz, sovrinni baham koʻrishingiz kerak boʻladi.
- Iltimos veb-saytning «Sayt haqinda» sahifasini oʻqing va dizayningizda veb-sayt ruhini aks ettiring (https://www.beyondcatastrophe.com/uz/about/).
- Dizaynlarga tashlab ketilgan/ zanglagan qayiqlarning tasvirlari yoki Orol dengizi konturlari (har qanday yilda) kiritilishi mumkin emas.
- Dizaynlar kichik miqyosda (masalan, Instagram logotipi) yoki katta hajmda (masalan, tadbirlar uchun banner) ishlashi kerak. Agar xohlasangiz, ikkita turli xil oʻzgartirishlar yaratishingiz mumkin, biri keng miqyosda foydalanish uchun, ikkinchisi esa kichik miqyosda foydalanish uchun.
- Dizayn va vosita sohasida ijodkorlik rag’batlantiriladi!
Topshirish
Iltimos quyidagi materiallarni info@beyondcatastrophe.com elektron manziliga 17-dekabr, juma soat 23:59 ga qadar yuboring.
- Yuqori aniqlikdagi rasm
- Dizayningizning qisqacha tavsifi (100-200 soʻz) va nima uchun u bizning veb-saytimizga mos keladi deb oʻylaysiz. Ingliz, rus, oʻzbek yoki qoraqalpoq tillarida yozishingiz mumkin.
- Oʻzingizning qisqacha tarjimai holingiz (50-100 soʻz)
- Oʻzingizning ohirgi suratingiz (ixtiyoriy)
- Elektron pochta xabarida iltimos, quyidagilarni kiriting: ismingiz, yashash joyingiz va aloqa maʼlumotlaringiz (telefon raqamlari agar foydalansangiz, elektron pochta manzili, Instagram akkaunti, Telegram akkaunti)
Tanlov mezonlari
Dizaynlar Beyond Catastrophe jamoasi tomonidan ko’rib kechiradi: Kate, Sakson, Niko va Nora (ularning bioslari uchun https://www.beyondcatastrophe.com/uz/about/-ga qarang). Ular ğoliblarni 2021-yil 31-dekabrgacha quyidagi mezonlar asosida tanlaydilar:
- Dizayn raqamli boʻlishi mumkin yoki boʻlmasligi mumkin.
- Dizayn «Seeing Beyond Catastrophe» loyihasi va qadriyatlarini aks ettiradi.
- Dizayn originaldir, ya’ni dizaynning biron bir komponenti boshqa manbadan koʻchirilmagan.