Shared by: Saxon Bosworth / Date: 2022-01-11 15:05:12 / Stories / Pillars: Aloqa Tarixi Uy Tasavvurlar
Tarkibi
- Kirish
- 4-orin: Shomurodova Zilola Kallibek
- 3-orin: Yuldashev Islambek Ikram
- 2-orin: Torejanov Islamjan Berdijan
- 1-orin: Atanazarov Masharifboy Qadam
Kirish
30-noyabr kuni biz “Falokatdan tashqarida koʻrish” logotipi tanlovini e’lon qildik!
Biz ijtimoiy tarmoqlar orqali Orol dengizi mintaqasining kelajagini ko’rsatadigan yoki tasavvur qiladigan san’at asarlarini taqdim etishni so’radik. Biz Orol dengizi mintaqasida (Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Qozogʻistondagi Qizilorda va Aktobe oblastlari) yashaydigan yoshlarni (30 yoshgacha va 30 yosh) veb-saytimizning emblemasi va barcha kelajakdagi loyihalar ga aylanadigan logotip yaratishga chaqirdik.
Ushbu sahifada biz olgan logitiplar ko’rsatamiz va g’oliblarimizni e’lon qilamiz. Agar siz ushbu tanlov haqida ko’proq o’qishni istasangiz, logotipimiz tanlovi haqidagi e’lon postini ko’rishingiz mumkin.
Ushbu loyihani baham ko’rishimizga yordam bergan barchaga rahmat! Keyingi loyihalarimizni muvofiqlashtirar ekanmiz, sizdan eshitishimiz kerak!
Bizning maqsadimiz shuki, ushbu veb-sayt Orol dengizi mintaqasi aholisi va ekotizimlarini qo’llab-quvvatlash uchun ochiq, qo’llab-quvvatlovchi jamiyatga aylanadi.
Siz uchun qaysi mavzular muhim? Jamoamiz nimaga e’tibor qaratishi kerak? Quyidagi izohlarda bizga xabar bering.

G’OLIBAR E’LON QILINDI
4-orin: Shomurodova Zilola Kallibek
«Men Shomurodova Zilola Kallibek qizi. 17.10.2002 da tavvallud topganman. Hozirda Qoraqalpoq Davlat Universiteti 2-bosqich talabasiman.

Bu logotipda 4 harf 4 ta mavzu, ya’ni
H – Home
H – History
C – Connection
I – Imanings ni aks ettiradi.
Markazdagi kaftlar ichidagi yer sayyorasi bu – barchasi – yerni asrab qolish bizning qo’limizda ekanliginining belgisi.
Va eng quyi qismda loyiha nomi «Beyond Catastrophe» aks etgan.»
3-orin: Yuldashev Islambek Ikram
«Men Yuldashev Islambek Ikram uģli 2003yil 30 dekabrda Nukus shahrida tuģilganman. Millatim O’zbek. 2010-2021 yilgacha Nukus shahar 2-sonli umumta’lim maktabida o’qiganman. 2021-yili Qoraqalpoq davlat Universitetining Filologiya va tillarni o’qitish fakultetiga shartnoma asosida o’qishga kirganman va hozirda 1-kurs talabasiman.«

S1. San’at qachon va qanday boshlagansiz?
Men sanatga yoshligimdan qiziqqanman sababi shu ishni qilsam nimagadir kayfiyatim yaxshi bolar edi. oldinlari juda kop musoboqalarga qatnashganman biroq ģolib bolmasdim va shu bilan rasmni faqat bosh vaqtlarimda chizadigan boldim. oxirgi marta otgan yili chizgandim. siz kecha elon berganingizda sizninig veb saytingizning nomiga qiziqip qoldim va qatnashishga qaror qildim.
S2. Qoraqalpoq yoki Markaziy Osiyodan sizga e’tiborga molik ta’sir ko’rsatgan san’atchilar bormi? Iltimos, ular kimlar va ularning san’ati sizga qanday ta’sir qilgani yozing.
Rostini aytganda men hech kimning san’atiga qiziqmaganman men faqat rasm chizishni yoqtirganim uchun shu ishni sevib qilardim. men ko’proq ranglar qiziqtiradi. buni qanday ta’riflashni bilmay turibman rostini aytganda.
S3. Sizningcha, Orolboʻyi kelajagini tasavvur qilishda sanʼat qanday rol oʻynamoqda?
San’atning turi menimcha juda katta rol o’ynaydi sababi bizda harakat qachon bo’ladi, qachonki biz shu narsani o’ylasak, va o’ylaganimizdan so’ng shu narsani qilishda bizda motivatsiya paydo bo’ladi va o’ylaymanki bizning Orolda kelajakda juda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi..
S4. A. Sizning bilgan san’at jamoalari bor mi? Unlar haqida iltimos yozib bering. B. Sizningcha san’atchilar jamoalarini qurish, qo’llab-quvvatlash va nishonlash yaxshilanishi mumkinmi?
Rostini aytganda men buni aniq bbilmayman buni faqat vaqt kòrsatadi.
Logotip haqida ko’proq ma’lumot:
Bu logotip «Falokatdan tashqarida ko’rish» yangi veb-sayti uchun chiqdim. Bu logotipda men O’zbekiston va Qoraqalpog’iston bayroqlari va uning boyliklarini (paxta va bug’doyni) chizdim sababi hozirda bizning davlatimizdagi ekologiya muammolariga qaramasdan juda katta o’zgarishlar sodir bo’lyapti. Va hozirda biz yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni chizdim goh sport bo’lsin goh ilm ma’rifatdan bo’lsin bizda hamma sharoitlar bor va farqi yo’q bizda ekologik muammolar bo’ladimi yoki yo’q bizning yoshlarimiz albatta o’z davlatining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadilar sababi kelajak biz yoshlarning qo’lida. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar uchun 2017-yildan yangi imkoniyatlar yaratildi va agar bizning davlatda tadbirkorlik yanada rivojlanib boshqa mamlakatlar bilan biznes o’z mamlakatimizni rivojlantirish tezligi oshadi. Va men shu logotipning o’rtasiga yaqin 10 yillikdagi bizning Nukus shahrimizni chizdim va o’ylaymanki bizning davlatimiz ham yaqin yillarda dunyoning rivojlangan davlatlari orasiga kiradi. Logotipning yuqorida kaptarni chizdim sababi kaptar hayot ruhini, qalbni, yorug’lik ruhini, poklikni va tinchlikni anglatadi.

2-orin: Torejanov Islamjan Berdijan
Hozirgi vaqtda bu logotip haqida ma’lumot faqat Ingliz tilida berilgan.
1st place: Atanazarov Masharifboy Qadam
«Men Atanazarov Masharifboy Qadam o’g’li 2007-yili 4-martda Xorazm viloyati Urganch tumanida tug’ilganman. Hozirda 36-sonli IDUM (davlat ixtisoslashtirilgan umumiy maktabida) o’qiyman. Men matematika, informatika ingliz tili va tabiiy fanlarga qiziqaman.»

S1. San’at qachon va qanday boshlagansiz?
Rasm chizishga 5 yoshimdan beri qiziqaman. Logotiplar yaratishga ham qiziqaman.
S2. Qoraqalpoq yoki Markaziy Osiyodan sizga e’tiborga molik ta’sir ko’rsatgan san’atchilar bormi? Iltimos, ular kimlar va ularning san’ati sizga qanday ta’sir qilgani yozing.
Maktabdagi ustozlarimdan.
S3. Sizningcha, Orolboʻyi kelajagini tasavvur qilishda sanʼat qanday rol oʻynamoqda?
Rasm orqali orolning kelajagini ifodalash mumkin (agar so’zlar orqali ifodalansa hamma bir xil tushunadi. Agar rasm orqali ifodalansa har kim turlicha tassavvur qiladi. Bu esa fikrlar xilma-xilligini shakllantiradi).
S4. A. Sizning bilgan san’at jamoalari bor mi? Unlar haqida iltimos yozib bering. B. Sizningcha san’atchilar jamoalarini qurish, qo’llab-quvvatlash va nishonlash yaxshilanishi mumkinmi?
A. bilmas ekanman.
B. albatta
Logotip haqida ko’proq ma’lumot:
Bu logotipni “o’tmish – bugun –kelejak” deb nomladik. ya’ni Orol oldin dengiz bo’lgan bo’lsa bugun u sahroga aylangan, biz esa uni kelajakda o’rmonzorga aylanishini istaymiz.
Izoh: logotipda uchta barg tasvirlangan bo’lib, ko’k rangdagi barg bu orolning mavj urub turgan vaqti, sariq rang esa bugungi qurib qolgan sahroni anglatsa, yashil rang esa kelajakdagi orolning tasviri, ya’ni o’rmonni tasvirladik. Bu esa logotipni asosiy g’oyasidagi tarixni bildiradi.
Umumiy bitta sariq fonda aylananing chorak qismida uchala bargning tasviri esa bir makondagi turli vaziyatni tasvirlab, uni yaxshilash umidi bilan kelajak sari o’zgartishni niyat qildik. Bu g’oyaning uy qismidir.
Muammo bo’lmas ekan uning yechimi ham bo’lmaydi. Demak orol muommosini yechimini o’rmonlashtirsh orqali yechish mumkinligigni ta’kidlamoqchimiz va uni biz o’tmish, bugun va kelajak bilan aloqasini e’tirof etdik.
Umumiy tasvirni limon bo’lagiga o’xshatishga harakat qildik. Bu orqali orolni kelgusida millionlab daromad keltiruvchi hudud bo’lishini tasavvur qildik. Bu g’oyaning tasavvur qismidir.
